“Barsa” ustozi Flik “Real”dan ketgan Alonso haqida nimalar dedi?
“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yaqinda ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonsoning “Real” jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan bo’shatilishiga munosabat bildirdi.
- Bu – futbol. Boshqalarning ishiga aralashish mening ishim emas. Ayta oladiganim shuki, Xabi bilan munosabatlarim juda yaxshi. Biz Leverkuzende tanishganmiz va hozir ham aloqani saqlab qolganmiz.
Unga faqat yaxshiliklar tilayman. Ishonamanki, yaqin vaqt ichida u ham, uning murabbiylar shtabi ham ajoyib loyiha ega bo’ladi.
Futbolda doimo oldinga intilish kerak. Alonso kelajagi porloq, juda yaxshi murabbiy, - dedi Hans-Diter Flik Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Xabi Alonso Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”dan mag’lubiyatga uchraganidan so’ng ishdan bo’shatilgan edi. Uning o’rnini Alvaro Arbeloa egalladi.
Fikrlar