"Barsa" va "Real" futbolchilari bir jamoada o‘ynaydi

  • 27 dekabr, 2021, 18:17
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" klubi yozgi transfer oynasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Xabarlarga ko‘ra, "asalarilar" 3 futbolchi bilan shartnoma imzolash niyatida. "Barselona"dan Riki Puch, Mark-Andre ter Shtegen va "Real" hujumchisi Luka Yovich kelasi mavsumni Bundesligada o‘tkazishi mumkin.

Nemis klubi rahbariyati Erling Xolandning transferidan tushgan pullarni yuqoridagi futbolchilarni sotib olishga yo‘naltirmoqchi. O‘z navbatida, Puch, ter Shtegen va Yovich o‘z jamoalarida ishonchni to‘liq oqlay olmayapti.

"Transfermarkt" ma’lumotlariga tayanilsa, bu futbolchilar Dortmundga olib kelish "Borussiya"ga taxminan 90 million evroga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!