“Barsa” va “Real” MYu so‘ndirgan yulduzni qayta “tiriltirmoqchi”

  • 17 mart, 2023, 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” 2021 yilning yozida katta urinishlar evaziga “Borussiya”dan Jeydon Sanchoni olib kelgandi. Manchesterliklar angliyalik universal futbolchi uchun 85 million evro to‘lagan edi.

Tecno

Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Jeydon Sancho o‘z yurtiga qaytib kelganidan keyin kutilgan samaradorlikni ko‘rsata olmadi. Bundesligada porlagan iste’dod egasi manchesterliklar safida hali o‘zini ko‘rsatganicha yo‘q.

Endi 22 yoshli hujumkor futbolchi jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi aytilmoqda. So‘nib borayotgan yulduzni “Real” va “Barselona” yana yuqori darajaga qaytarmoqchi. Bundan tashqari, “Betis” va “Atletiko” klublari ham angliyalik o‘yinchini o‘z safiga chorlayapti.

“Manchester Yunayted” bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchini 60 million evroga transfer qilish imkoniyati bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!