"Barsa" xo‘jayini: "Real" har ishga "burnini tiqadi" va ular bilan aloqalar buzilgan
Klublar oʻrtasidagi munosabatlar butunlay izdan chiqqan. «Barselona» prezidenti Joan Laporta «Real Madrid» haqida keskin bayonot bilan chiqdi. Unga koʻra, ikki klub oʻrtasidagi munosabatlar amalda butunlay yoʻqolgan.
Laporta taʼkidlashicha, madridliklar deyarli har doim kataloniyaliklarga qarshi pozitsiya egalaydi. Jumladan, «Real» «Negreyra ishi» boʻyicha tergov jarayoniga ham aralashgan.
«Barselona» rahbariga koʻra, «Qirollik klubi» ayni shu ishni ataylab choʻzib, kataloniyaliklar atrofidagi muammolarni uzoqroq saqlab qolishga harakat qilmoqda.
- Bizda «Real» bilan munosabatlar butunlay izdan chiqqan. «Barselona» muayyan bir pozitsiyani egallagan har bir holatda, «Real Madrid» bizga qarshi chiqadi. Ular «Negreyra ishi»ga aralashdi.
Biz bu harakat tergovni choʻzish va oʻz klub telekanali pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlash uchun qilingan, deb hisoblaymiz. Shu bois klublar oʻrtasidagi munosabatlar hozirgi darajada keskinlashib ketdi, - dedi Laporta.

Fikrlar