
“Barsa” yanvarda ketadigan uch yulduz nomini aytdi
“Barselona” rahbariyati qishki transferlar vaqtida himoyachilar Jerar Pike va Jordi Alba hamda pleymeyker Frenki de Yong bilan xayrlashadigan bo‘ldi.
Sport.es saytining xabar berishicha, bu o‘yinchilar yanvarda transferga qo‘yiladi.
Manbaning ta’kidlashicha, bunga “Barselona” Chempionlar ligasining guruhidan pley-offga chiqolmasligi ma’lum bo‘lgani sabab. Klub rahbariyati maoshlar byudjetini keskin kamaytirish maqsadida uch nafar yulduz bilan xayrlashadi.
Jamoada uzoq vaqtdan beri o‘ynayotgan Pike va Alba keyingi paytda asosiy tarkibga kirolmay qolgan va rahbariyat ulardan tezroq qutilmoqchi. Frenki de Yongni transferi klubga katta foyda keltiradi.
Fikrlar