"Barsa" yozda Rokeni ijaraga berib yuborishga tayyor!
"Barselona" klubi yozda hujumchi Vitor Rokeni ijaraga berib yubormoqchi. "Sport" nashrining ma’lum qilishicha, klub uni tajriba to‘plashi kerak, deb hisoblaydi.
Hozirda unga La Liganing bir qator klublaridan va APL jamoalaridan ijaraga olish bo‘yicha takliflar borligi aytilmoqda. Biroq Vitorning o‘zi jamoa safida asosiy tarkib uchun kurashish niyatida.
Ma’lumot o‘rnida, Roke joriy mavsum barcha musobaqalar doirasidagi 13 bahsda 2 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar