“Barsa”da faqat bir futbolchi joyi kafolatlangan. Yozda to‘qqiztasi ketadi!

  • 21 may, 08:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” sport direktori Deku yozgi transferlar davrida juda katta ish hajmini bajarish uchun tinimsiz mehnat qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tecno

Bu mutaxassis yaqinda jamoada faqatgina Lamin Yamalning o‘rni kafolatlanligini va qolgan o‘yinchilar bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

Klubning moliyaviy ahvolini inobatga olib, selektsiya xizmatidagilar bir necha o‘yinchilarni boshqa klublarga o‘tkazish bo‘yicha ish olib bormoqda. Chunki yangi transferlar uchun ham joy, ham mablag‘ bo‘shatish kerak.  

Deku kelasi mavsum qanot himoyachisi, hujumkor futbolchi va ko‘p gol ura oladigan forvard olishni mo‘ljallagan. Buning uchun hozirgi tarkibdan bir necha o‘yinchilarni boshqa klublarga transfer qilish rejalashtirilgan.

Xususan, yozda Kataloniyani Inyaki Penya, Ronald Arauxo, Ektor Fort, Fermin Lopes, Gavi, Frenki De Yong (agar tez orada shartnomani uzaytirmasa), Pablo Torre, Pau Viktor va Ansu Fati tark etishi kutilyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!