
"Barsa"da yangi yulduzcha paydo bo‘ldi. 33 soniya ichida: debyut, ilk zarba, birinchi gol va katta rekord
Ispaniya chempionatining 10-turida “Barselona” o‘z maydonida “Atletik” jamoasini qabul qildi.
Kataloniyaliklar raqibga darvozasiga 80-daqiqa davomida yo‘l topa olmadi. Xavi Ernandes kurashga hali hech kim bilmagan o‘yinchi – 17 yoshli Mark Giuni tashladi.
Yosh iste’dod sohibi maydonga tushishi bilan 33 soniya ichida birinchi zarbasi bilan darvoza to‘rini ishg‘ol qildi va jamoasiga qimmatli uch ochkoni taqdim etdi.
Squawka portalining qayd etishicha, Giu debyut uchrashuvida eng tezkor gol urgan futbolchi sifatida o‘z nomini tarixga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar