 
                “Barsa”dan chiqqan yulduz kutilmaganda futboldan ketadigan bo‘ldi
“Barselona”dagi yorqin faoliyatidan keyin Lionel Messi ortidan MLSning “Inter Mayami” klubiga yo‘l olgan Jordi Alba joriy mavsum yakunlanishi bilan butsalarini mixga ilishini ma’lum qildi.
Ispaniyalik futbolchi 2025 yilning may oyida klub bilan amaldagi shartnomasini 2027 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirgan edi. Biroq qisqa fursatda uning rejasi o‘zgardi.
- Hammaga salom, hayotimning muhim bosqichida o‘tadigan paytim keldi. Joriy mavsum yakunlanishi bilan futbolchilik faoliyatimni to‘xtatishga qaror qildim. Buni toza vijdon bilan, xursan va xotirjam holda amalga oshiraman.
“Barselona”ga bu klub hayotim mazmuni ekanini, mening o‘sib-ulg‘ayishimni ko‘rgan, menga faoliyatim cho‘qqisini zabt etishga yordam bergan, o‘n yillar yorqin xotira bag‘ishlagan va barcha sovrinlarni yutishga imkon berganini e’tirof etishni istayman.
Ispaniya terma jamoasi haqida gapirsam, uning futbolkasini kiyish menga faxr bag‘ishlashini va uning tarkibida tarixning bir bo‘laganiga aylanganimdan minnatdor ekanimni aytishim lozim.
Nihoyat, “Inter Mayami”ga menga eshiklarini ochgani, mehr bilan qarshi olgani va har bir lahzadan lazzat olish imkonini bergani uchun katta rahmat.
Muxlislardan menga bo‘lgan mehr-muhabbatlari uchun minnatdorman. Sizlar menga futbolkani shunchaki kiyishni emas, uni chiq qalbdan his qilishni o‘rgatdingiz, - dedi Jordi Alba.



Fikrlar