“Barsa”dan kelgan yulduz o‘rnini “Real” tarbiyalagan futbolchi egallaydi
“Inter Mayami” Evropa futbolida porlagan futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish siyosatini davom ettiradigan bo‘ldi. Ma’lumki, bu klubga Lionel Messi o‘tganidan keyin argentinalik yulduz bilan “Barselona”da birga o‘ynagan Serxio Buskets, Jordi Alba, Luis Suares singari o‘yinchilar ham Floridaga kelgandi.
Yaqinda Jordi Alba MLS chempionati tugaganidan keyin butsasini mixga ilishini e’lon qildi. Shundan keyin “Inter Mayami” mashhur himoyachining o‘rnini bosadigan boshqa o‘yinchi topib qo‘ydi.
ESPN jurnalistlarining ma’lum qilishicha, “Inter Mayami” himoya chizig‘iga Serxio Regilonni olib kelmoqchi.
28 yoshli ispan futbolchi hozirchaishsiz yuribdi. “Tottenxem” yozda shartnomasi tugagan o‘yinchi bilan hamkorlikni uzaytirmadi.
Regilon “Real” tarbiyalanuvchisi bo‘lsa-da, Madrid superklubining muhim o‘yinchisiga aylana olmagan. Faoliyati davomida Ispaniyaning “Logrones”, “”Sevilya”, “Atletiko”, Angliyaning “Tottenxem”, “Manchester Yunayted” va “Brentford” kabi jamoalarida to‘p tepgan.
Fikrlar