“Barsa”dan tekinga ketmayman!

  • 6 iyul, 2021, 19:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati Samyuel Umtitiga klubni o‘z ixtiyori bilan tark etishi haqida maktub yo‘lladi. Frantsiyalik himoyachining kataloniyaliklar bilan shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

Biroq, Ronald Kuman kelasi mavsum ham uning xizmatlaridan foydalanmoqchi emas. Klub xo‘jayinlari uning maoshini tejab qolish uchun shartnomani o‘zaro kelishgan holda bekor qilmoqchi.

Ikki yil davomida “Barselona” Umtitiga soliqlarni qo‘shib hisoblaganda 35 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

27 yoshli futbolchi “Barselona”dan kompensatsiya olmasdan ketmasligini uqtirdi. Qolaversa, tajribali himoyachi faqatgina ijaraga o‘tishga rozi bo‘lgan va shartnomasining oxirgi kunigacha “Barselona” futbolchi bo‘lib qolishini aytmoqda.

“Lion” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Umtiti 2016 yili Kataloniyaga olib kelingan edi. Keyingi paytda u asosiy tarkibga kira olmayapti. Yakunlangan mavsumda Samyuel atigi 13 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!