“Barsa”ga bir uchrashuv uchun o’n million yevro taklif qilishdi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” joriy mavsum yakunlangandan keyin yozgi tanaffus davrida bitta uchrashuv o‘tkazib, mo‘may daromad ishlab olishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubiga mavsumoldi tayyorgarlik doirasida Janubiy Koreyada bitta nazorat o‘yini o‘tkazish taklif qilingan.
Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan bir o‘rtoqlik o‘yini uchun kataloniyaliklar 10 million yevro atrofida daromad olishi kafolatlanyapti. Ammo bu faqat bitta o‘yin uchun uzoq safarni talab qiladi.
Hozirda “Barselona” yozgi yig‘inni Osiyo turnesi o‘rniga Angliya maydonlarida tashkil etishni rejalashtirmoqda. Shu bois, koreyaliklarga hali aniq javob aytilgani yo‘q.
Fikrlar