“Barsa”ga engilgan “Real” shoshilinch ravida Mbappeni oladigan bo‘ldi

  • 30 iyul, 2023, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida tashkil etilgan o‘rtoqlik uchrashuvida azaliy raqibi “Barselona”dan yirik hisobda engildi.

Tecno

Bu mag‘lubiyatdan so‘ng, madridliklar milliy chempionat boshlangunga qadar, ya’ni 12 avgustgacha  PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni olib kelishga qaror qildi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” rahbariyati Mbappening transferini amalga oshirish uchun 200 million evrodan oshiqroq mablag‘ sarflash kerakligini tushunib turibdi. Shunday bo‘lsa-da, “Qirollik koubi” 24 yoshli hujumchiga 2029 yilning yozigacha davom etadigan olti yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Real” xo‘jayinlari PSJ rahbariyati Mbappe bo‘yicha muzokaraga kirishishini kutmoqda. Parij klubi esa, frantsiyalik futbolchidan tezroq qutilmoqchi. Biroq, ular o‘yinchini Angliya klublaridan biriga sotmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!