“Barsa”ga kerak bo‘lmay qolgan hujumchi uchta superklubdan taklif oldi

  • 21 fevral, 2022, 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yanvar oyida o‘z tarkibiga Angliya premer-ligasidan Per-Emerik Obameyang, Ferran Torres va Adama Traoreni qo‘shib olganidan keyin avvalgi murabbiy Ronald Kuman olib kelgan Memfis Depay amalda joyini yo‘qotdi.

Niderlandiyalik hujumchining o‘zi ham yozda boshqa jamoaga o‘tishni istayapti. Vaziyatni kuzatib turgan bir necha qudratli klublar iste’dodli to‘purarni o‘z safiga chorlayapti.

Ispaniyaning sport.es nashri xabar berishicha, Italiya grandlari – “Inter”, “Milan” va “Yuventus” Depayni yozda transfer qilish imkoniyatlari haqida “Barselona”dan ma’lumot so‘ragan.

Depay o‘tgan yozda “Lion”dan erkin agent sifatida “Barselona”ga o‘tganidan keyin ispaniya chempionatida 16 ta uchrashuvda sakkizta gol urdi va ikkita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!