“Barsa”ga o‘tma, maoshingni ko‘tarib beramiz!
Madridning “Atletiko” klubi argentinalik hujumchi Xulian Alvaresni oʻz tarkibida saqlab qolish uchun unga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.
Bu orqali klub uni boshqa jamoalarga, jumladan, unga jiddiy qiziqayotgan “Barselona”ga oʻtib ketishining oldini olmoqchi.
Bu haqida Sport.es va Marca kabi nufuzli manbalar maʼlumot chiqardi. Ularga koʻra, “matraschilar” argentinalik futbolchini jamoaning eng yuqori maosh oluvchi oʻyinchilaridan biriga aylantirishi kutilmoqda.
Hozirda darvozabon Yan Oblakning maoshi taxminan 20 million evroni tashkil qiladi va u klubda eng katta maosh oladigan oʻyinchi hisoblanadi.
“Atletiko” Alvares bilan shartnomani yana 1–2 yilga uzaytirmoqchi. Shu bilan birga, hujumchiga yillik 10 million evrodan ortiq maosh taklif etiladi.
Joriy mavsumda argentinalik forvard 44 ta oʻyinda ishtirok etib, 17 ta gol va 9 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroga teng.
Fikrlar