“Barsa”ni rad etadigan o‘yinchi ham bor ekan

  • 17.10.2022 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” yarim himoyachisi Jorjino “Barselona”ga o‘tmaydigan bo‘ldi.

Kataloniya klubi markaziy yarim  himoyachining shartnomasi yakunlanayotganidan foydalanib, uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.

Biroq, Jorjinoning rejasi o‘zgardi va u “aristokratlar” safida qolishni ma’qul ko‘rmoqda. Futbolchining agenti Joau Santos “Chelsi” bilan yangi bitim bo‘yicha muzokara olib borilayotganini tasdiqladi.

Masala iyun oyida hal bo‘ladi. Biz “Chelsi”da qolish yo‘nalishida harakat qilyapmiz, - dedi Joau Santos.

Italiyalik Jorjino “Verona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. A Seriyada “Napoli” sharafini ham himoya qilgan va 2018 yili 57 million evro evaziga “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!