“Barsa”ni yomon ko‘rib qolgan “Messino” boshqa klub tanladi

  • 22 may, 2024, 21:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” 2024 yilning yanvarida Braziliya futboli tarbiyalanuvchisi Vitor Rokeni o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin unga etarlicha o‘yin amaliyoti bermadi.

Bu holat yana bir braziliyalik futbolchi Estavio Villianning tanloviga ta’sir qildi. “Messino” laqabi bilan nom qozongan futbolchi kataloniyaliklar Vitor Rokeni o‘ynatmaganidan keyin bu jamoaga bormaslikka qaror qildi.

“Messino”ning bu fikrga kelishiga agentlari ham ta’sir o‘tkazdi. Chunki ular Vitor Rokening ham manfaatlarini himoya qilmoqda.

Sport Witness nashrining ma’lum qilishicha, Estavio Villian “Chelsi” taklifini tanlagan. Bu transfer “aristokratlar”ga umumiy hisobda 65 million evro atrofida tushishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!