“Barsa”ning 10 yillik shartnomasini tan olmagan futbolchi kim?

  • 13.11.2020 19:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bugungi kunda “Nottingem Forest” sharafini himoya qilayotgan Jon Bostok o‘z vaqtida “Barselona”dan 2006 yilda 10 yillik shartnoma olgani haqida gapirib berdi.

- 14 yoshligimda “Barselona” menga 10 yillik shartnoma taklif qildi. O‘sha paytlar Ronaldino mening kumirim edi. U menga o‘zi imzolagan plakatni ham yuborgan. Uni hamon uyda saqlayman. Men taklifni qabul qilmay, Angliyada qolgandim. Men ham dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘lishni va Ronaldinoga o‘xshab “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishni orzu qulardim. Afsuski, men yuqori darajada ko‘tarila olmadim, - deydi Bostok.

“Barselona” taklifini rad etgan yosh futbolchi 2008 yilda “Tottenxem” tarkibiga qo‘shildi. Londonliklar uni “Xall Siti”, “Sheffild Yunayted”, “Suindon” va “Toronto” kabi jamoalarga ijaraga berdi. 2013 yilda Bostok “Antverpen”ga jo‘nab ketgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!