"Barsa"ning 3 futbolchisi maoshi qisqarishiga rozi emas

  • 4 iyun, 2022, 15:20
  • 0
  • Futbol

"Barselona" futbolchilari Xerar Pike, Serxio Buskets va Xordi Alba rahbariyatga maoshi qisqarishiga qarshi ekanini ma’lum qilgan. Bu haqda "Sport" nashri xabar berdi. 

Ushbu futbolchilar shu paytga qadar ikki marta shu shartga rozilik bildirgandi. Biroq bunisiga endi norozi ekanini bildirishgan. 

Qayd etilishicha, klubdagi moliyaviy muammolar sabab rahbariyat futbolchilarning maoshini kamaytirishga qaror qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, "ko‘k-anorranglilar" joriy mavsum La Ligada 73 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!