“Barsa”ning boshi qotdi. Levandovski bo‘yicha yaxshi taklif kelgan...
Polshalik to‘purar Robert Levandovskining Kataloniya super klubidagi kelajagi borasida turli mazmundagi xabarlar oqimi kuchayib borayotgani kuzatilmoqda.
“Barselona” Saudiya Arabistonidan qishki transfer oynasida hujumchini olish uchun 35 million evrolik taklif oldi. Bu taklif tajribali hujumchining kelajagi bo‘yicha tezkor qaror qabul qilishga undamoqda.
Kataloniya klubi Levandovski kelajagi bo‘yicha bir nechta omillarni hisobga oladi. Bir tomondan, yuqori maosh fondini qisqartirish va sport byudjeti muvozanatini ta’minlash zarur. Ikkinchi tomondan, Levandovskining tajribasi va samaradorligi hali ham jamoa uchun muhim hisoblanadi. Shu bois uni saqlab qolish xohishi ham bor.
2022 yilda klubga kelganidan beri Robert Levandovski hujumning asosiy quvvatiga aylandi. Uning ta’siri darhol sezildi — gollar, etakchilik va tajriba. Hujumchi 37 yoshida bo‘lishiga qaramasdan, u raqib himoyasi uchun doimiy tahdid bo‘lib qolmoqda va jamoadoshlari uchun professionallik namunasi hisoblanadi.
Fikrlar