"Barsa"ning qimmatbaho yulduzi "Atletik"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi (foto)
Bugun Ispaniya Kubogi 1/8 final uchrashuvlari davom ettiriladi.
Amaldagi chempion "Barselona" "Atletik" mehmoni bo‘ladi. Mazkur bahs uchun kataloniyaliklarning qaydnomasi ma’lum bo‘ldi.
Kengaytirilgan ro‘yxatdan klubni tark etishi kutilayotgan Usmon Dembele tushirib qoldirilgan. Uning o‘rniga avgustdan beri ilk bor Martin Breytueyt safga qaytdi.
Ma’lumot uchun, bellashuv 21 yanvarga o‘tar kechasi 01:30 da start oladi.

Fikrlar