“Barsa”ning urinishi zoe ketdi

  • 12.11.2020 19:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati pandemiya tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz vaqtida futbolchilarning maoshlarini kamaytirish borasida o‘tkazilgan muzokaralarda kelishuvga erishila olmaganini rasman ma’lum qildi.

- Bir necha kun davom etgan murakkab muzokaralardan keyin tomonlar o‘zaro bir to‘xtamga kela olmadi.

Klub rahbariyati pandemiya tufayli vujudga kelgan moliyaviy inqirozdan chiqin uchush shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lmoqda. Joriy mavsumda pandemiya tufayli klubning daromadlari 300 million evrodan ortiq summaga qisqaradi. Bu jarayonda maoshlarni qisqartirish orqali 191 million evroni tejash ko‘zda tutilgan.

Tomonlar bu borada yakuniy qarorga kelish uchun 23 noyabrda yana muzokaraga kirishadi, - deyiladi klub bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!