"Barsa"ning yangi futbolchisi klub qarorgohiga etib keldi
Miralem Pyanich "Barselona" klubi bazasiga etib keldi. "Ko‘k-anorranglilar" u uchun "Yuventus"ga 60 mln evro to‘lagan edi.
Kataloniyaliklar 30 yoshli futbolchi bilan rasman 29 iyun kuni 4 yillik shartnoma imzolagandi. Biroq Pyanich avgust oyi o‘rtalarida koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganligi tufayli, uning "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shilishi biroz kechikdi.
"Ushbu klubning bir qismi bo‘lishni orzu qilardim. Bu amalga oshganidan juda xursandman. Jamoadoshlarim bilan birga shug‘ullanishdan faxrlanaman. "Kamp Nou"da ilk o‘yinimni o‘tkazishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman", deya intervyu berdi bosniyalik xavbek "Barselona" matbuot xizmatiga.

Fikrlar