“Barselona” A Seriya hujumchisidan voz kechdi
"Barselona" "Yuventus" futbolchisi Dushan Vlaxovich transferidan voz kechdi. Bu haqda "Sport es" nashri xabar bermoqda.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, Kataloniya klubi bir nechta sabablar tufayli hujumchi transferidan voz kechish qaroriga kelgan. 25 yoshli futbolchining yuqori maoshi (yiliga 12 million evro) va yaqinda olgan jarohati ispan grandini xavotirga solgan.
Dushanning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 35 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Vlaxovich joriy mavsum "Yuventus" safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar