"Barselona" afsonasi Marokash terma jamoasida ish boshlashi mumkin
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Andres Inyesta tez orada murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin. Bu haqida "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.
Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, Inyesta murabbiylik yo‘lini Marokash terma jamoasida boshlashga yaqin. Ispaniyalik sobiq futbolchi bo‘lajak jahon chempionati oldidan Valid Regragi shtabidagi yordamchilaridan biri sifatida ish boshlashi mumkin.
Andres 2024 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, JChda marokashliklar Braziliya, Shotlandiya va Gayti terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.
Fikrlar