"Barselona" Alvares masalasida bir qarorga keldi
"Barselona" "Atletiko" hujumchisi Julian Alvares variantidan voz kechgani yoʻq.
Mavsum avvalida "koʻk-anorranglilar" "Atletiko" yulduzi Julian Alvaresni sotib olishi haqida koʻplab xabarlar paydo boʻlgan edi. Biroq ayni vaqtda bunday mish-mishlar anchagi kamaydi. Bunga sabab qilib argentinalik futbolchi oʻzini avvalgidek koʻrsata olmayotgani koʻrsatilmoqda. "Marca" nashri bergan xabarlarga koʻra, kataloniyaliklar hali hamon Alvaresdan voz kechgani yoʻq. Futbolchi klub rahbariyatiga va bosh murabbiy Hans-Diter Flikka yoqadi va uni jamoaga olib kelinishini istaydi. Argentinalik forvard uchun madriddliklar kamida 100 million yevro talab qilishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, forvardning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozida yakuniga yetadi.
Fikrlar