“Barselona” Angliyadan zo‘r futbolchi topdi

  • 27 sentabr, 2023, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” molyaiviy inqirozdan to‘liq chiqib keta olmagani bois, klub skautlari transfer narxi arzon yoki erkin agentga aylanadigan futbolchilarni qidirmoqda.

Kataloniyaliklar nazariga Uilfrid Ndidi tushdi. Bu futbolchining “Lester” bilan shartnomasi kelasi yoz yakuniga etadi.

Sport nashrining yozishicha, “Barselona” vakillari anchadan beri bu o‘yinchini kuzatib kelmoqda. “Lester” ayni paytda Chempionshipda ishtirok etmoqda. Bu omil ham 26 yoshli futbolchining jamoadan ketishiga xizmat qiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, nigeriyalik o‘yinchiga “Barselona”dan tashqari, “Bavariya”, “Atletiko” va “Yuventus” kabi grand klublar ham xaridor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!