
"Barselona" Arauxoning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi!
Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy himoyachisi Ronald Arauxo bo‘yicha o‘z qarorini qabul qildi. "La Vanguardia" nashrining yozishicha, jamoa 26 yoshli futbolchiga bo‘lgan har qanday taklifni rad etadi — u transferga qo‘yilmaydi.
Avvalroq Arauxoga "Yuventus" tomonidan jiddiy qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, urugvaylik o‘yinchi joriy yilning yanvar oyida "Barsa" bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagandi.
Ma’lumot o‘rnida, turinliklar qishning o‘zidayoq fulbekni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilib, jiddiy harakatlar qilgan edi. Biroq, so‘nggi kunlarda "ko‘k-anorranglilar" futbolchini bilan shartnomani uzaytirishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Fikrlar