"Barselona" Argentinadan yangi iqtidor topdi

  • 27.08.2025 18:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"River Pleyt"ning 18 yoshli qanot hujumchisi Yan Subiabre Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda deadlinedaylive ma’lum qildi.

Futbolchining transferiga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda. Subiabrening mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli miqdori 25 million evroni tashkil etadi.

Vingerning Argentina top-klubi bilan mehnat shartnomasi kelasi yilning dekabr oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari hujumchining bozor narxini atigi 1,2 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!