"Barselona" "Arsenal" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

  • 08.09.2023 00:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" qishki transferlar oynasida tarkibga bitta tayanch yarim himoyachisini qo‘shib olmoqchi. Variantlar orasida "Arsenal" vakili Jorjino ham bor, deya xabar bermoqda "Mundo Deportivo" nashri. 

Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniyaliklar faqatgina braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani yo‘q. ro‘yxatda Palinya ham bor. Uni sotib olish uchun "Bavariya" harakat qilib ko‘rdi, lekin klub bu transferga ulgurmadi. 

Ma’lumot uchun, "Barselona" ushbu yozda Oriol Romeoni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Xavi bu bilan cheklanib qolishni istamaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!