
"Barselona" "Betis" darvozasiga 5 ta gol urdi. Messidan dubl (video)
Ispaniya La Ligasining 9-turida “Barselona” o‘z maydonida “Betis”ni qabul qildi.
“Kamp Nou”da shu kuni darvozalarga naqd 7 ta gol urildi va yakunda 5:2 hisobida maydon egalari g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar safida gollarni Usmon Dembele (22'), Antuan Grizmann (49'), Lionel Messi (61', 82') va Pedri (90') kiritdi. Mehmonlarning gollariga Antonio Sanabriya (45') va Loren Moron (73') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar