
"Barselona": "Biz uchun har doim eng zo‘ri bo‘lib qolasan"
"Barselona" Lionel Messining jahon chempionati kubogi bilan tushgan suratini joyladi.
"Ko‘k-anorranglilar" Leo kubokni o‘payotgan suratni joylab: "Biz uchun har doim eng zo‘ri bo‘lib qolasan", - deya izoh qoldirdi Kataloniya klubi o‘z instagram sahifasida.
Kecha Argentina terma jamoasi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Lionel Skaloni jamoasi JCh-2022 finalida Frantsiyani mag‘lub etdi. (3:3, 4:2) Leo o‘zining 42-trofeysini yutdi.
Fikrlar