
"Barselona" braziliyalik futbolchi uchun rejalashtirilgandan ko‘proq to‘laydi
"Barsa" hujumchi Vitor Roke uchun avvaldan rejalashtirilganidan ko‘proq pul to‘laydi.
"Diario Sport" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" va "Atletiko Paranaense" 18 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuv shartlarini o‘zgartirgan. Kataloniyaliklar kafolatlangan to‘lovlar sifatida 30 million evro to‘laydilar (dastlab kelishilganidan 5 million kam), lekin bonus qismi sezilarli darajada oshdi - 10 milliondan 31 million evrogacha.
Braziliyalik futbolchi 6+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolaydi, u soliqlar oldidan yiliga 3,5 million evro oladi.
Hujumchi joriy mavsumda “Atletiko Paranaense” safida barcha turnirlar doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar