“Barselona” etakchisi 6 oydan so‘ng qaytishga yaqin

  • 22 sentabr, 2024, 10:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong uzoq vaqtdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytishga yaqin.

Tecno

27 yoshli niderlandiyalik 21-aprel kuni “Real”ga qarshi jarohat olgan edi. Frenkining qaytishi ba’zi sabablarga ko‘ra cho‘zilgan edi. Biroq, xavbek to‘liq tiklanishga yaqin turibdi.

“Mundo Deportivo”  xabar berishicha, “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik de Yongni Chempionlar ligasi doirasidagi “Yang Boys”ga bilan uchrashuvda yoki “Alaves” qarshi maydonga tushirmoqchi.

Bugun katoloniyaliklar Toshkent vaqti bilan 21:30 da “Vilyareal”ga mehmonda o‘ynashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!