"Barselona" fikridan qaytmaydi
Kataloniya klubi jamoaning o‘ng qanot himoyachisi masalasini naqd o‘n yilga yopmoqchi. Aynan mana shu pozitsiyasi zaif bo‘lgan jamoa rahbariyati bu joyga "Arsenal"ning iste’dodli yosh himoyachisi Ektor Belerinni olib kelishga urinmoqda. Garchi bu transferni amalga oshirish murakkab bo‘lsa-da, kataloniyaliklar fikridan qaytmayapti.
Muzokaralar bir necha oydan beri uzluksiz davom etmoqda va "barselona" o‘zi uchun ijobiy yangilik kutmoqda. Chunki klub sport direktori Robert Fernandes Londonga borib himoyachining agentlari bilan gaplashdi.

Qiztig‘i, Ektor Belerin aslida "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011 yili klub uni "Arsenal"ga qo‘yib yuborgan.

Fikrlar