"Barselona" Firpo o‘rniga 17 yoshli tarbiyalanuvchisini olmoqchi

  • 12.11.2020 23:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" rahbariyati yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida himoyachi Xunior Firpo bilan xayrlashmoqchi.

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Firponing o‘rnini klubning 17 yoshli tarbiyalanuvchisi Alexandro Balde egallaydi. Mutaxassislar uning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda va uning asosiy tarkib uchun kurasha olishiga ishonmoqda. Baldega "Liverpul" va "Chelsi" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Firpo “Barselona” safiga 2019 yilda kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!