"Barselona" Frantsiyadagi to‘purarni nishonga oldi

  • 20.12.2025 16:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik tarkibida "Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudni ko‘rishni istamoqda.

"TEAMtalk" nashri bergan xabarga ko‘ra, forvardning o‘zi ham faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirish istagida. Ma’lum bo‘lishicha, "Barselona" vakillari allaqachon futbolchining agentlari bilan muzokaralar olib borishmoqda va shartnoma shartlarini muhokama qilishga kirishgan.

24 yoshli futbolchining ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 50 million evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Grinvud joriy mavsum "Marsel" safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol kiritdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan. Hujumchi hozirda 11 ta gol bilan Liga 1 to‘purarlar jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!