"Barselona" futbolchisi APLga yo‘l olishi mumkin: ikki klub da’vogар
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado Angliya Premier-ligasining ikki klubi qiziqish doirasiga tushdi.
Xabarlarga ko‘ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchini Londonning "Tottenxem" va "Vest Xem" klublari o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Biroq har ikki jamoa ham ushbu transfer uchun faqat Premier-ligadagi o‘rnini saqlab qolgan taqdirdagina jiddiy harakat boshlashi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Kasado "Barselona"ni tark etish variantini ko‘rib chiqmoqda. Sababi, u bosh murabbiy Hans-Diter Flikning uzoq muddatli rejalariga kirmasligini anglab yetgan.
Avvalroq yarim himoyachining faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan eng ehtimoliy manzil sifatida Saudiya Arabistoni klublari tilga olingan edi.
Hozirda "Tottenxem" Angliya chempionati jadvalida 18-o‘rinda bormoqda, "Vest Xem" esa 17-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar