
“Barselona” futbolchisi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti "Renn"ga o‘tishi mumkin. Ayni paytda klublar 28 yoshli futbolchining transferi borasida muhokama olib bormoqda, deb xabar berdi “Marca” nashri.
Frantsuz klubi fulbekni 1 mavsum uchun ijaraga olishga tayyor. Lekin “Renn” futbolchining maoshini 100 foiz o‘z zimmasiga olishni istamapti.
Samuel “Barsa” bosh murabbiyi Xavining yangi mavsum rejalariga kiritilmagan. Kataloniyaliklar rahbariyati uni iloji boricha tezroq sotib yuborishni mo‘ljallamoqda.
Avvalroq, Umtitiga "Marsel", "Nitstsa", "Lion", "Fiorentina" va "Roma" kabi jamoalar ham da’vogarlik qilayotgani xabar qilingandi.
2021/22 yilgi mavsum Umtiti "Barselona"ning faqatgina bitta uchrashuvida qatnashdi: u Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan "Osasuna"ga qarshi o‘yinni to‘liq o‘tkazdi (2:2) va bitta sariq kartochka olgan.
Fikrlar