
"Barselona" futbolchisi qishki transferlar vaqtidayoq jamoadan ketmoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets yaqin oylarda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
"Diario Sport" xabariga ko‘ra, ispaniyalik xavbek mavsum boshlanishidan oldin MLS chempionatiga o‘tish haqda o‘ylamoqda.
"Ko‘k-anorranglilar" ustozi Xavi 34 yoshli futbolchidan mavsum so‘ngigacha qolishni va yaxshilab o‘ylab ko‘rishni so‘radi. Chunki hali jamoada uning o‘rnini bosadigan tayanch yarim himoyachi yo‘q. Busketsni Amerikaning "Inter Mayami" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2008 yildan beri Kataloniya jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar