"Barselona" futbolchisi yozda jamoani tark etishi mumkin

  • 25.01.2023 21:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi o‘tgan yili yozda kelib qo‘shilgan Rafinyaning o‘yinidan norozi. Bu haqda "SPORT" nashri xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, kataloniyaliklar rahbariyati uning agentiga shart qo‘ygan. Agar braziliyalik vinger mavsum so‘nggiga qadar o‘zini ko‘rsata olmasa, klub uni yozgi transferlar oynasida sotuvga qo‘yadi. 

Qayd etish lozim, 26 yoshli futbolchi joriy mavsum "ko‘k-anorranglilar" tarkibida jami 25 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!