"Barselona" futbolchisiga APLdan qiziqish bor
Angliyaning "Nyukasl" klubi Ferran Torres transfer uchun "Barselona"ga taklif tayyorlamoqda.
"Fichajes" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining "Nyukasl"ga o‘tishi qishki transfer oynasidayoq amalga oshishi mumkin, "Qarg‘alar" Ferran uchun 75 million evrodan voz kechishga tayyor.
Torresning hozirda transfer bozoridagi narxi 50 million evroga baholanmoqda. Uning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 2022 yilda Ferranni "Manchester Siti"dan 55 million evroga sotib olgan edi. Shu davr mobaynida hujumchi 176 ta uchrashuvda maydonga tushib, 54 ta gol kiritgan va 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar