"Атлетико" "Barselona" futbolchisini Al’vares bo‘yicha bitimga qo‘shmoqchi

  • 14.07.2026 14:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" Madrid rahbariyati "Barselona" yarim himoyachisi Mark Bernalga ko‘z tikkan va kataloniyaliklardan uni Xulian Alvares bo‘yicha kelishuvga qo‘shishni so‘ragan. Bu haqda nashr Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, "Barselona" Alvares uchun 100 million yevro hamda o‘z tarkibidan bir futbolchini taklif etishga tayyor, ammo bu ro‘yxatga Mark Bernal kirmaydi. Xabarda ta'kidlanishicha, "blaugrana" 19 yoshli futbolchi bilan hozircha xayrlashishni rejalashtirayotgani yo‘q.

"Barselona" tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Bernal o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 33 o‘yinda maydonga tushdi, 5 ta gol urdi va bir bor golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!