
"Barselona" futbolchisini grek klubiga ijaraga berdi
"Barselona" himoyachisi Mussa Vage faoliyatini Gretsiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 21 yoshli senegallik futbolchi PAOK klubiga bir mavsumga ijaraga berilgan. Aytish lozimki, u o‘tgan mavsumni “Nitstsa”da ijarada o‘tkazgan edi.
Bundan avvalroq, hujumchi Luis Suares va himoyachi Nelson Semedu ham tez orada “Barselona”dan ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar