“Barselona” futbolchisini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan ikki shahs hibsga olindi
Ekvadorning “Barselona” klubi futbolchisi Mario Pineydani o‘ldirishda gumonlanayotgan ikki kishi mamlakat politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi.
Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.
Futbolchining vafoti haqida chorshanba kuni ma’lum bo‘lgandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mototsiklda kelgan ikki nafar shaxs do‘kondan chiqib ketayotgan paytda futbolchi, uning rafiqasi va onasiga o‘q uzgan. Pineyda va ayoli voqea joyida halok bo‘lgan, onasi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga etkazilgan. Fojea Guayakil shahrida sodir bo‘lgan.
Ekvador prokuraturasi ikki gumonlanuvchining hibsga olinganini tasdiqladi. Mahalliy sudyaning fikricha, ularga qarshi etarli dalillar to‘plangan. Biroq ular jazodan qutilib qolish yo‘llarini ham izlayotgani aytilyapti. Gumonlanuvchilardan biri videokameralar orqali mototsikl harakatini kuzatish natijasida aniqlangan.
Pineyda Ekvador terma jamoasi safida sakkizta o‘yin o‘tkazib, birta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Klub miqyosida esa u “El-Nasional”, “Fluminense” va “Independente del Vale” jamoalarida ham to‘p surgan.
Fikrlar