“Barselona” Grizmanndan voz kechadimi?
“Lion” rahbariyati Ronald Kuman kutayotgan hujumchi Memfis Depayni Kataloniyaga tekinga jo‘natishga rozi bo‘ldi. Buning uchun “Barselona” jamoada ishlari yurishmayotgan Antuan Grizmanni “Lion”ga yuborishi kerak.
Frantsiyaliklar bu rokirovkani qishki transferlar mavsumida amalga oshirishni rejalashtiryapti.
Kataloniya klubi rahbarlari ham bu transferga rozilik bergan. Hozir hammasi Antuan Grizmanning qanday qarorga kelishiga bog‘liq bo‘lib turibdi.
“Atletiko”dan 120 million evroga olib kelingan Antuan Grizmann “Barselona”ning asosiy hujumchisi maqomiga ega bo‘lolmadi. Hatto Luis Suares klubni tark etganidan keyin ham frantsiyalik hujumchi o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. U yangi mavsumda beshta o‘yinda maydonga tushib, maydonni quruq tark etdi.
Fikrlar