
Mbappe “Barsa”ga o‘tmasa bo‘lmaydi
“Barselona”ning sobiq hujumchisi Samyuel Eto'O PSJ to‘purari Kilian Mbappega maslahat berdi.
- “Real”ni unut va “Barsa”ga o‘t, - dedi Mbappega afrikalik futbolchi.
Mbappening oldida bir necha variant bor. Frantsiyalik futbolchi PSJ rahbariyati uni jamoaning kelajagi buyukligiga ishontira olsa, Parijda qolishi mumkinligini ham bildirgan. Shuningdek, Kilian “Liverpul”ga o‘tishga ham qiziqmoqda. “Real” esa, 21 yoshli hujumchiga asosiy da’vogarlardan hisoblanadi.
Xullas, kelayotgan yozda dunyoning eng qimmat futbolchisi deb baholayotgan Mbappe faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar