"Barselona" himoyachisi bilan shartnoma uzaytirdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachi Erik Garsiya bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
"Mundo Deportivo" bergan xabarlarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" markaziy himoyachi bilan shartnomasini yangiladi. Kataloniyaliklar ispaniyalik himoyachiga ishonadi va uni kelajakda jamoa sardoriga aylanishi mumkin deb hisoblaydi. 24 yoshli futbolchi muzokaralar boshidanoq yangi shartnomadan minnatdor ekani va bundan xursand bo‘lishini aytib o‘tgan edi. Garsiyaning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Katta ehtimol bilan futbolchining klub bilan shartnoma yangilaganligi haqidagi xabar rasman e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, Erik Garsiya 2021 yilda "Barselona" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar