"Barselona" himoyachisi jarohat sabab to‘rt-olti haftaга safdan chiqdi

  • 20.09.2026 19:19
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” klubi va Daniya terma jamoasi himoyachisi Andreas Kristensen chap son mushagini cho‘zib oldi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.
 

30 yoshli futbolchi jarohatni shanba kuni bo‘lib o‘tgan Ispaniya La Ligasi 7-turi doirasidagi “Sevilya”ga qarshi o‘yin (3:1) paytida olgan. Ispaniya ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, daniyalik markaziy himoyachi kamida to‘rt, ko‘pi bilan olti hafta maydondan chetda qolishi kutilmoqda.
 

Ayni paytda paytda “Barselona” 21 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida yakka o‘zi peshqadamlik qilmoqda. Keyingi turda, 10 oktyabr kuni, kataloniyaliklar o‘z maydonida “Xetafe” jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!