"Barselona" hujum chizig‘iga Nikolas Jeksonni olib kelmoqchi

  • 9 iyul, 16:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujum chizig‘ida ko‘proq variantlarga ega bo‘lishni istamoqda. Klub turli imkoniyatlarni o‘rganmoqda va "ko‘k-anorranglilar" "Chelsi" forvardi Nikolas Jeksonga qiziqmoqda. 24 yoshli futbolchining londonliklar safidagi mavqei Liam Delap va Joao Pedro transferidan so‘ng tushib ketdi. Bu Jeksonni klubini o‘zgartirishga undashi mumkin.

Tecno

Fichajes nashrining xabar berishicha, "Barselona" Jeksonni ijaraga olishi mumkin. Kataloniya klubi hujumchini kuzatib bormoqda, ammo hali muzokaralarni boshlamagan, deya ta’kidlaydi manba.

Nikolas Jekson "Chelsi" safida 81 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urgan va sheriklariga 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, senagallik hujumchi "Chelsi" safiga "Vilyarreal"dan kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!